Jizzaxda olmani qayta işlab, eksportbop mahsulot tayyorlanmoqda
Jizzax viloyatidagi "BMB Agro Plus" korxonasida olmani qayta işlaş va tabiiy pyure tayyorlaş mavsumi boşlandi. Zamonaviy texnologiyalar asosida işlab çiqarilayotgan mahsulot sifati laboratoriyada qatʼiy nazorat qilinmoqda. Bu mahalliy xomaşyoning iqtisodiy qiymatini oşirişga xizmat qiladi.
Jizzax viloyatida faoliyat yuritayotgan “BMB Holding” kompaniyasi tarkibidagi “BMB Agro Plus” korxonasida olmani qayta işlaş mavsumi boşlandi. Ayni paytda korxonada tabiiy olma pyuresi işlab çiqarişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Işlab çiqariş jarayoni xomaşyoni saralaş va yuvişdan boşlanadi. Keyin olmalar dastlabki tozalaş bosqiçidan ötkaziladi. Şundan söng ular zamonaviy texnologik uskunalar yordamida qayta işlanadi.


Jarayonda sanitariya-gigiyena talablari va belgilangan texnologik meʼyorlarga qatʼiy amal qilinmoqda. Ayniqsa, harorat rejimini töğri saqlaş mahsulotning tabiiy xususiyatlarini asraşda muhim örin tutadi.
Natijada olmaning tabiiy taʼmi, rangi va tarkibiy xususiyatlarini saqlaşga erişiladi. Şuningdek, tayyor pyurening bir xil quyuqlikda bölişi taʼminlanadi.


Mutaxassislar mahsulot sifatini işlab çiqarişning har bir bosqiçida qatʼiy nazorat qilib bormoqda. Korxonaning zamonaviy laboratoriyasida pyure namunalari muntazam tekşiruvdan ötkaziladi. Bunda kimyoviy va mikrobiologik körsatkiçlar alohida örganiladi.
Laboratoriya nazorati oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlaşning muhim şartidir. Mahsulot sifati belgilangan standartlar va eksport talablari asosida baholanadi.
Korxonada xomaşyoni qabul qilişdan tayyor mahsulotgaça bölgan jarayonlar yagona tizimga birlaştirilgan. Bunday yondaşuv işlab çiqariş samaradorligi va mahsulot sifatini taʼminlaşga xizmat qiladi.

Olmani çuqur qayta işlaş mahalliy qişloq xöjaligi xomaşyosining iqtisodiy qiymatini oşiradi. Eng muhimi, oddiy hosilni yuqori qöşilgan qiymatga ega mahsulotga aylantiradi.
Bu esa qayta işlangan agrar mahsulotlarning içki va taşqi bozorlardagi imkoniyatlarini kengaytiradi. Şu tariqa mahalliy xomaşyodan raqobatbardoş mahsulot işlab çiqarişga zamin yaratiladi.
Abdujalol Qayumov,
ÖzA muxbiri