Jizzaxda “call-markaz” yana o‘z faoliyatini boshladi
Jizzax viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq tibbiy masalalar bo‘yicha zarur tajribaga ega bo‘lgan tibbiyot mutaxassislari jalb qilingan holda “Call-markaz” qaytadan ishga tushirildi.
Boshqarma Axborot xizmati xabariga ko‘ra, ushbu markazda tunu-kun faoliyat yuritadigan soha mutaxassislari tomonidan koronavirus kasalligi belgilari paydo bo‘lganda zarur maslahat va tavsiyalar berib boriladi, fuqarolar koronavirusga test topshirishlari uchun qayerga murojaat qilishlari lozimligi, emlanish istagida bo‘lgan fuqarolar vaksina olish uchun qayerga murojaat qilishi, uy sharoitida davolanayotgan bemorlarga hamda karantinga olingan shaxslarga zarur tibbiy masalahatlar berib boriladi.
Koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq barcha ma’lumotlar va fuqarolarning salomatligiga oid barcha savollarga – aynan “Call-markaz”dagi shifkor va mutaxassislar aholiga barcha zarur ma’lumotlarni muntazam ravishda yetkazib turadi.
Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi har qanday va hududga tashrif byurgan barcha fuqarolar “Call-markaz”da 72-223-63-81; 72-223-63-84 yoki 72-223-63-85 raqamlariga zarurat tug‘ilgan vaqtda qo‘ng‘iroq qilib, mutaxassislardan tibbiy asoslangan javoblar va tavsiyalarni olishi mumkin.
A.Qayumov, O‘zA