Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Zomin tumanining Gulshan mahallasi hududida “Ochiq byudjet” dasturi doirasida 1 milliard 398 million so‘m mablag‘ evaziga 4155 metrlik ichki ko‘chalarga asfalt yotqizilib, aholi uchun qulay va xavfsiz transport infratuzilmasi yaratilmoqda.
Qurilish ishlari “Laylakuya kar’er stroy” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan olib borilmoqda. Asfaltlashtirish ishlari belgilangan tartibda, zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tezkor va sifatli tarzda bajarilayapti.


Mazkur loyiha mahalla aholisi uchun qulay sharoit yaratish, yo‘l-transport harakatini yengillashtirish va hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
***
Zarbdor tumanidagi kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish hamda Adliya bo‘limlari va IIB JXX Probatsiya guruhi hamkorlikda 1-sonli politexnikumda navbatdagi Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasini tashkil etdi.

Yarmarkada texnikum bitiruvchilari, yoshlar hamda probatsiya hisobida turgan fuqarolar ishtirok etishdi. 10 dan ortiq korxona va tashkilotlar bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashdi.
***
Forish tuman hokimining moliya iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Shavkat Uzoqov tumanning Amir Temur nomli mahallasida xonadonma-xonadon yurib, o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan muloqotda bo‘ldi.

Muloqot davomida yoshlarni tadbirkorlikka yo‘naltirish, bandligini ta’minlash, iste’dodini ro‘yobga chiqarish, borasida amalga oshirilayotgan ishlar, yaratilgan shart-sharoit va imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ushbu uchrashuvlar davomida, yoshlarning qiziqish va intilishlari o‘rganildi. Ular bandligini ta’minlash yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.
***
Jizzax viloyatining G‘allaorol tuman Kengashi deputatlari mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi ayollar faollari faoliyatini o‘rganmoqda.

Mahalla xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun yo‘naltiriladigan “Ayollar daftari” jamg‘armasi mablag‘laridan samarali foydalanish holati, og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, faollar zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosi, sohada uchrayotgan muammolar kabi bir qancha masalalar deputatlar e’tiborida bo‘ldi.
Jumladan, mahalliy Kengash deputatlari tomonidan tumandagi “Alamli”, G‘afur G‘ulom" va “Ko‘kgumbaz” mahalla fuqarolar yig‘inlaridagi holatlar atroflicha o‘rganib chiqilib, zarur chora-tadbirlar belgilandi.
***
O‘zbekiston Respublikasining Harbiy prokuraturasi tomonidan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlari kuch tuzilmalari o‘rtasida sportning kurash turi bo‘yicha “Harbiy prokuror kubogi” musobaqasi tashkil etildi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, Jizzax va Xorazm viloyatlari FVB va “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ hamda “Navoiyuran” DK obektlarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish markazi qutqaruvchilari jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egalladi va tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri