Jizzax viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Arnasoy tumanida yoshlarni kitobxonlikka jalb etish maqsadida 9,11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Yosh kitobxon" tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov tuman markazida joylashgan barcha umumta’lim maktablarida tashkil etildi . Tadbirda o‘quvchilar o‘z bilimlarini yana bir bor sinovdan o‘tkazgan holda barcha savollarga og‘zaki hamda yozma javob berdi.
***
G‘allaorol tumani 3- sektori tomonidan mahallalarni obod qilish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Bu jarayonda ichki ko‘chalarga shag‘al yotqizish va asfalt qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda. Xususan, “Qashqabuloq” MFYning 6 kilometr ko‘chasiga shag‘al to‘shaldi.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilda tumanning jami 51,5 kilometr loy ko‘chalariga to‘liq shag‘al yotqizilishi ko‘zda tutilgan.
***

Zafarobod tumanida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha Respublika komissiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi hamda Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan "Yil ayoli" milliy tanlovi tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov yakunida ishtirokchilar tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan taqdirlandi.
***
Baxmal tumani hokimi M.Anarbayev, sektor rahbarlari, tuman shtabi a’zolari, tashkilot rahbarlari va nuroniylar bilan hamkorlikda turizim oyligi doirasida "Novqa ota" ziyoratgohida sayohat uyushtirildi.

Baxmal tumangaz korxonasi ma’muriyati tomonidan ishchi-xodimlar va 35 nafar nuroniylar ishtirokida bir piyola choy ustida suhbat uyushtirildi. “Turizm oyligi" doirasida tashkil etilgan sayohat uchun nuroniylar minatdorlik bildirdi.
***
2022 yil 1 noyabr kuni "O‘zbekiston Xalq Demokratik Partiyasi" tashkil topganligining 31 yillik bayrami munosabati bilan XDP Mirzacho‘l tuman Kengashi tomonidan partiyada uzoq yillar faoliyat ko‘rsatib kelayotgan partiyaning faxriylari va faollari taqdirlandi.

***
Sharof Rashidov tumanida g‘allani yomg‘irlatib sug‘orish usuli yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan tuman “Dafna Ifori" g‘allachilik klasteri tomonidan X.Nosirov FXHU hududida 30 gektar g‘alla maydoni Turkiya texnalogiyasi asosida yomg‘irlatib sug‘orish usuli bilan sug‘orilmoqda.
A.QAYUMOV,
J.YORBEKOV (surat) O‘zA