Jinoyatga jazo muqarrar
Davlat xavfsizlik xizmati organlari tomonidan Ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda terrorizmni moliyalashtirish jinoyatini sodir etgan bir guruh shaxslar faoliyatiga chek qo‘yildi.
Xususan, Toshkent shahri, Samarqand, Buxoro, Andijon va Farg‘ona viloyatlarida yashovchi, 1987 va 1998-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 8 nafar fuqaro Suriya davlatidagi “G‘uroba katibasi” terroristik tashkiloti media-blogeri, Qirg‘iz Respublikasi fuqarosi, 1996 y.t. Abdulmuhsin Usmonovning g‘oyaviy-psixologik ta’sirlari oqibatida unga tegishli hisob-raqamlarga pul o‘tkazib berishgan.
“Saad Muxtor” taxallusli mazkur shaxs “Telegram” messenjeri orqali Falastinda jabr ko‘rgan musulmonlarga ehson qilish niqobi ostida pul yig‘ish bilan shug‘ullangan. To‘plangan mablag‘lar esa Suriyadagi terrorchilar uchun sarflangan.
Sud hukmi bilan qonunbuzarlarning 7 nafariga 3 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, 1 nafariga 4 yil 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.
Jinoyat Kodeksining 1553-моддасигакўра, terrorizmni moliyalashtirish – 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati ogohlantiradi:
Ijtimoiy tarmoqlardagi shubhali xayriya chaqiriqlariga ishonib, aldanib qolmang. Unutmang, qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi. Aksincha, sudning qora kursisida o‘tirishingizga sababchi bo‘ladi.