Jinoiy guruh qo‘lga olindi
Jizzax viloyatida “Dolzarb – 40 kunlik” maxsus profilaktik tadbirlari doirasida jinoiy guruhlarga a’zo bo‘lgan, ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarni qo‘lga olish va ularning jinoyat sodir etishi oldini olish maqsadida bir qator tezkor tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Viloyat IIB Axborot xizmatining xabariga ko‘ra, maxsus xizmat va huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida ijtimoiy muhitga salbiy ta’sirini o‘tkazishga urinayotgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, jinoyat ishi doirasida 3 nafar shaxs qo‘lga olinib, 12 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Jizzax shahar sudi qaroriga asosan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.





Shuningdek, jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashiringan 17 nafar shaxs ushlandi.
Xuddi shunday viloyat hududida tezkor vaziyatga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi, jinoyat sodir etishga moyil 20 nafar shaxslarning yashash manzillarida maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazildi. Natijada noqonuniy buyum va ashyolarni saqlab kelgan 10 nafar shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi.
A.Qayumov, O‘zA muxbiri