JCH-2026: Birinchi turda toʻp nazorati boʻyicha yetakchilar gʻalabasiz qolishdi
FIFA Match Centre statistik maʼlumotlariga koʻra, bu borada quyidagi terma jamoalar alohida ajralib turibdi.
Jahon chempionatining 1-tur statistikasi qiziqarli tendensiyani koʻrsatmoqda: toʻpni nazorat qilish foizi boʻyicha yetakchilik qilgan jamoalarning birortasi ham gʻalaba qozona olmadi.
FIFA Match Centre statistik maʼlumotlariga koʻra, bu borada quyidagi terma jamoalar alohida ajralib turibdi:
- Portugaliya (75,4%) — DR Kongoga qarshi, 1:1
- Ispaniya (74,3%) — Kabo-Verdega qarshi, 0:0
- Turkiya (71,6%) — Avstraliyaga qarshi, 0:2
- Shveysariya (68,0%) — Qatarga qarshi, 1:1
- Urugvay (66,8%) — Saudiya Arabistoniga qarshi, 1:1
Oʻyin davomida toʻp nazorati boʻyicha yaqqol ustunlikka ega boʻlishganiga qaramay, guruh favoritlari oʻz vaziyatlaridan unumli foydalana olishmadi. Mazkur besh jamoa raqiblar darvozasi tomon jami 117 ta zarba yoʻllagan boʻlsa-da, atigi 3 ta gol ura olishdi, xolos.