JCh-2026: Argentina terma jamoasining kengaytirilgan tarkibi ma’lum qilindi
Futbol bo‘yicha amaldagi jahon chempioni – Argentina milliy terma jamoasi murabbiylar shtabi 2026-yilgi jahon chempionatida ishtirok etish uchun nomzod bo‘lgan futbolchilarning kengaytirilgan ro‘yxatini e’lon qildi.
Lional Skaloni boshchiligidagi murabbiylar shtabi tomonidan taqdim etilgan qaydnomadan jami 55 nafar futbolchi o‘rin olgan.
Kengaytirilgan tarkib bilan tanishing:
Darvozabonlar: Emiliano Martines («Aston Villa», Angliya), Xeronimo Ruli («Marsel», Fransiya), Valter Benites (PSV, Niderlandiya), Xuan Musso («Atletiko», Ispaniya), Fakundo Kambeses («Rasing», Argentina), Santyago Beltran («River Pleyt», Argentina).
Himoyachilar: Agustin Xiay («Palmeyras», Braziliya), Nauel Molina («Atletiko», Ispaniya), Gonsalo Montiel, Xerman Pesselya, Markos Akunya, Lukas Martines (barchasi – «River Pleyt», Argentina), Nikolas Kapaldo («Gamburg», Germaniya), Kevin Mak Allister («Yunion», Belgiya), Markos Senesi («Bornmut», Angliya), Lisandro Martines («Manchester Yunayted», Angliya), Nikolas Otamendi («Benfika», Portugaliya), Kristian Romero («Tottenhem», Angliya), Leonardo Balerdi, Fakundo Medina (ikkisi ham – «Marsel», Fransiya), Lautaro Di Lollo («Boka Xuniors», Argentina), Said Romero («Xetafe», Ispaniya), Nikolas Talyafiko («Lion», Fransiya), Gabriel Roxas («Rasing», Argentina).
Yarim himoyachilar: Maksimo Perrone, Niko Pas (ikkisi ham – «Komo», Italiya), Gido Rodriges («Valensiya», Ispaniya), Anibal Moreno («River Pleyt», Argentina), Enso Fernandes, Alexandro Garnacho (ikkisi ham – «Chelsi», Angliya), Rodrigo De Paul («Inter Mayami», AQSH), Eksekiel Palasios, Ignasio Fernandes («Bayer», Germaniya), Aleksis Mak Allister («Liverpul», Angliya), Djovani Lo Chelso («Betis», Ispaniya), Nikolas Dominges («Nottingem Forest», Angliya), Nikolas Gonsales, Tyago Almada (ikkisi ham – «Atletiko», Ispaniya), Klaudio Echeverri («Jirona», Ispaniya), Milton Delgado, Tomas Aranda, Leandro Paredes (barchasi – «Boka Xuniors», Argentina), Alan Varela («Portu», Portugaliya), Emiliano Buendia («Aston Villa», Angliya), Valentin Barko («Strasbur», Fransiya).
Hujumchilar: Juliano Simeone, Xulian Alvares (ikkisi ham – «Atletiko», Ispaniya), Lionel Messi («Inter Mayami», AQSH), Lautaro Martines («Inter», Italiya), Santyago Kastro («Bolonya», Italiya), Franko Mastantuono («Real», Ispaniya), Djanluka Prestianni («Benfika», Portugaliya), Matias Soule («Roma», Italiya), Flako Lopes («Palmeyras», Braziliya), Mateo Pellegrino («Parma», Italiya).
Eslatib o‘tamiz, FIFA reglamentiga muvofiq, jahon chempionatining yakuniy qaydnomasidan 26 nafar futbolchi joy oladi.