Jaumitbayeva Mexriban Karamatdin qizining texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Videomodeling asosida videotasvirlarni qayta ishlash algoritmi va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” mavzusida
Jaumitbayeva Mexriban Karamatdin qizining 05.01.01 – “Muhandislik geometriyasi va kompyuter grafikasi. Audio va videotexnologiyalar” ixtisosligi bo‘yicha “Videomodeling asosida videotasvirlarni qayta ishlash algoritmi va dasturiy ta’minotini ishlab chiqish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi DSc.09/2025.27.12.T.01.01.M raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 22-oktabr kuni soat 16:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100084, Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi, 108-uy. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti.
Tel.: (99871) 238-64-70
ye-mail: tuit@tuit.uz