Jasurbek Jaysunov delegatsiyamizga 20-oltin medalni keltirdi
Yaponiya mamlakati mezbonlik qilayotgan XX Osiyo o‘yinlarining taekvondo WT bahslari O‘zbekiston terma jamoasi a’zolar uchun omadli o‘tmoqda.
Xususan, musobaqaning erkaklar o‘rtasida -80 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Jasurbek Jaysunov final bahsida Xitoy Taypeyi vakili Szyun-I Xun ustidan zafar quchib, delegatsiyamizga yigirmanchi oltin medalni keltirdi.
Ushbu muvaffaqiyatdan so‘ng O‘zbekiston delegatsiyasi medallari 20 ta oltin, 23 ta kumush va 22 ta bronzaga yetdi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA