Jasorat: Xo‘jayev Ismatullo Nurillayevich (+video)
Katta leytenant Xo‘jayev Ismatullo Nurillayevich 1972-yil 20-noyabrda Samarqand viloyati Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘ida tug‘ilgan.
1979 -1990-yillarda Nurobod tumanining Oqsoy qishlog‘idagi 13-o‘rta umumta’lim maktabida o‘qigan.
1993-1997-yillarda Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtida tahsil olgan.
1997-yildan boshlab Qurolli Kuchlari safida maxsus operatsiyalar batalonida shartnoma asosida harbiy xizmatni o‘tay boshlagan.
2000-yil Surxondaryo viloyatining Uzun va Sariosiyo tumanlarida xalqaro terrorchi to‘dalarga qarshi jangovar harakatlarda ishtirok etib, jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/lpRNR_Ytle8?si=8hfz6uRojpldt4jx" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>