Jasorat: Salimov Alisher Sattarovich (+video)
Katta leytenant Salimov Alisher Sattarovich 1977-yil 15-sentabrda Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahrida ishchi oilasida tug‘ilgan.
U oilada to‘ng‘ich farzand bo‘lib, ukasi hamda singlisiga doim o‘rnak bo‘lgan. 1984-yil Sirdaryo viloyati, Yangiyer shahridagi 4- umumiy o‘rta ta’lim maktabiga 1- sinfga o‘qishga borib, o‘qishni 1995-yil a’lo baholarga tamomlagan.
Alisher Salimov maktabni tamomlagach, Samarqand oliy harbiy avtomobil qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1999-yil a’lo baholarga bitirib, yosh leytenant xizmat faoliyatini Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida joylashgan harbiy qismda boshlagan.
U 2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lib o‘tgan jangovar harakatlarga safarbar qilingan va ushbu jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/ihKqaeseN44?si=YPYIDl78SU4mfuPT" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>