Jasorat: Oxunov Yunus Nosirovich (+video)
9-may – Xotira va qadrlash kuni
Serjant Oxunov Yunus Nosirovich 1979-yil 14-yanvar kuni Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi Sherobod qishlog‘ida ziyolilar oilasida tug‘ilgan.
Yunusjon bolalik chog‘larida tumandagi 19- umumiy o‘rta ta’lim maktabi huzuridagi “Tong” maktabgacha ta’lim muassasasida tarbiyalangan.
1985-1996-yillarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanidagi 19- umumta’lim maktabini a’lo baholar bilan tamomlagan.
Shundan so‘ng Qo‘qon shahridagi kompyuter operatori kursida o‘qidi, kursni tamomlagandan so‘ng 1997-yil muddatli harbiy xizmatni o‘tagan. Harbiy xizmatda barchaga ibrat bo‘lganligi bois, harbiy xizmatni shartnoma asosida davom ettirgan.
2000-yil avgust oyida Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida bo‘lgan jangovar harakatlarda ishtirok etib, qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/zB5ra2l2L0Q" title="Jasorat: Oxunov Yunus Nosirovich " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>