Jasorat: Otabek Muhammadiyev (+video)
Serjant Otabek Avazovich Muhammadiyev 1976-yil 8-yanvarda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumanining Ochamayli qishlog‘ida tug‘ilgan. 1983 -1993-yillar Ochamayli qishlog‘idagi 11- sonli umumta’lim maktabida tahsil olgan.
1995-yilning may oyida Kitob tumani mudofaa ishlari bo‘limi tomonidan muddatli harbiy xizmatiga chaqirilgan va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida xizmatni boshlagan.
1997-yil noyabr oyi muddatli harbiy xizmatni tugatib, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatini davom ettirgan va 1999-yil 22-oktabrda oila qurgan.
Otabek xizmat davrida 1999-yilning noyabr oyida Toshkent viloyati, Ohangaron tumani, Yangiobod shahrida bir guruh terrorchilar bilan bo‘lgan janglarda ishtirok etgan.
2000-yilning 16-sentabr kuni Surxondaryo viloyatining Sariosiyo va Uzun tumanlarida xalqaro terrorchi jangari guruhlar bilan bo‘lib o‘tgan jangda qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/EJoc8TTRu4I" title="Jasorat: Otabek Muhammadiyev" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>