“Jasorat maktablari”ga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi o‘tkazildi
Respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan 208 ta “Jasorat maktabi”ga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi tashkil etildi.
Imtihon jarayonida talabgorlar matematika fanidan 30 ta hamda ona tili fanidan 20 ta test topshirig‘ini bajardi. Jami 50 ta savoldan iborat test sinovida eng yuqori natija 50 ballni tashkil etadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun 1 ball beriladi.
Ma’lum qilinishicha, qabul imtihonlarining ikkinchi bosqichi iyul oyining ikkinchi o‘n kunligida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida aytish lozimki, joriy yil “Jasorat maktablari”ga o‘qish istagini bildirgan 25 513 nafar talabgor onlayn tarzda hujjat topshirgan.
Qayd etilishicha, qabul jarayonlari belgilangan tartib asosida ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA