“Jasorat maktabi”ga saralashning ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida “Jasorat maktabi”ga o‘quvchilarni saralab olishning ikkinchi bosqichi – jismoniy tayyorgarlik sinovlari o‘tkazildi. Sinovlar belgilangan tartib va mezonlar asosida tashkil etilib, unda nomzodlarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi, chidamliligi va umumiy salohiyati baholandi.
Har bir ishtirokchi 5 turdagi jismoniy mashqni bajardi. Natijalar 50 ballik baholash tizimi asosida aniqlanib, nomzodlarning belgilangan normativlarni bajarish darajasi inobatga olindi.
[gallery-30736]
Joriy yilda viloyatdagi umumta’lim maktablarining 4-sinfini tamomlagan 1 ming 762 nafar o‘quvchi “Jasorat maktabi”ga qabul uchun ariza topshirdi.
Viloyatning 15 ta tuman va shahrida faoliyat yuritayotgan “Jasorat maktabi”larga har bir hududdan 26 nafardan o‘quvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Saralash jarayonlari belgilangan talablar asosida bosqichma-bosqich davom etmoqda.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA