Jasorat: Barnoyev Ulug‘bek Abdullayevich (+video)
Kichik serjant Ulug‘bek Abdullayevich Barnoyev 1978-yil, 1-noyabr kuni Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida tug‘ilgan.
Ulug‘bek 1985-1995-yillar Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16-umumta’lim maktabida o‘qigan, maktabni bitirgach, Kattaqo‘rg‘on shahridagi 19-hunar texnika bilim yurti (hozirgi sanoat va transport kolleji)da o‘qigan.
1997-yilda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan, xizmati davomida Ulug‘bek chinakam Vatan himoyachisiga aylangan.
1997-2000-yillar Yangi tashkil etilgan maxsus operatsiyalar batalonida shartnoma asosida harbiy xizmatni davom ettirgan.
2000-yil Surxondaryodagi jangovar harakatlarda birinchilar qatorida yovga qarshi kurashib, navbatdagi harbiy amaliyot chog‘ida og‘ir tan jarohati olib, qahramonlarcha halok bo‘lgan.
<iframe width="815" height="458" src="https://www.youtube.com/embed/87Od03r1Ars" title="Jasorat: Barnoev Ulug`bek Abdullaevich" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>