Jarqo‘rg‘onda inklyuziv yondashuvli maktab… (+video)
.
Prezident tashrifi
Ta’limda inklyuziv yondashuv barcha bolalarning umumiy ta’lim jarayoniga qamrab olinishini nazarda tutadi. Har bir shaxs maktabga borishi va sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega.
Jarqo‘rg‘on tumani “Yangi O‘zbekiston” massivida 2024-yanvar oyidan faoliyatini boshlagan 66-maktabda bugungi kunda 500 dan ziyod o‘quvchi ta’lim olmoqda.
Ta’lim maskanida shuningdek, nogironligi bor bolalarni zamonaviy ta’lim standartlari asosida o‘qitish uchun alohida yondashuvlar amalga oshirilgan. Bu yerda 50 ga yaqin maxsus mutaxassis va pedagog faoliyat yuritmoqda.
Maktab hovlisi, yo‘laklar, sport zali, o‘quv, ovqatlanish va muolaja xonalari yuqori darajada tashkil etilgan.
Davlatimiz rahbari Surxondaryo viloyatiga tashrifi asnosida massiv hududida faoliyat yuritayotgan 66-maktabda tashkil etilgan sharoitlar, jumladan, nogiron bolalar uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishdi.
– Bu yerda bir paytlar biror o‘simlik unmagan, bugun esa go‘zal maskan – “Yangi O‘zbekiston” massivi va fayzli maktab qad rostladi, – dedi 66-maktab direktori Shahnoza Kamolova.
Davomi quyidagi videoda…
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/t1rCzW8K7rg" title="Jarqo‘rg‘onda inklyuziv yondashuvli maktab…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Abdulaziz RUSTAMOV,
Nishonboy ABDUVOITOV(video),
O‘zA