Janubiy Koreyaning harbiy samolyoti halokatga uchragani aytilmoqda
Janubiy Koreya harbiy-havo kuchlariga qarashli KA-1 hujum samolyot Kanvondo provinsiyasida halokatga uchradi, uchuvchilar omon qolgan, deb yozmoqda Ryonxap agentligi.
Hodisa Kanvondo provinsiyasining Xvenson uyuzdida ro‘y bergan. Ikki uchuvchi katapult orqali omon qolgan, ahvoli yaxshi. O‘t o‘chiruvchilar ularni kasalxonaga olib kelgan.
Yengil KA-1 hujum samolyoti Janubiy Koreya harbiy havo kuchlari uchun Korea Aerospace Industries (KAI) kompaniyasi tomonidan yaratilgan. KA-1 yengil hujumlarni amalga oshirishga hamda nishonni aniqlashga mo‘ljallangan bo‘lib qiruvchi samolyotlarni havoda qo‘llab-quvvatlashi ham mumkin.