Janubiy Koreya ta’lim tizimi asosida
FOTOREPORTAJ
Prezidentimiz 2020 yilda Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida hududda eng ilg‘or o‘qitish dasturlariga ega bo‘lgan Janubiy Koreya ta’lim tizimini mahalliylashtirish xususida bergan topshiriqlari doirasida Farg‘ona shahrida “Fenix” xususiy maktabi tashkil etildi.
Ushbu maskanda ayni paytda 250 nafar o‘quvchi bilim olmoqda. Darsdan so‘ng ular yoshiga qarab mental arifmetika, koreys, ingliz tillari, shaxmat, gimnastika to‘garaklariga jalb etiladi.
[gallery-9106]
— Janubiy Koreya, Xitoy, Yaponiya, Rossiya elchixonalari bilan aloqa o‘rnatgan holda dars jarayonlariga xorijiy o‘qituvchilarni ham jalb etishni maqsad qilganmiz, - deydi maktab direktori Hayotbek So‘fiyev. – Ta’lim muassasamiz eng zamonaviy o‘quv qurollari va jihozlari, multimedia vositalari bilan ta’minlangan. Darslar oliy toifali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladi. O‘quvchilar soat 9-00 dan 17-00 gacha muassasada bo‘ladi. Ular uchun ikki mahal ovqat beriladi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA