Janubiy Koreya sobiq ustozi vatandoshlari tomonidan hushtaklar bilan kutib olindi
Meksikadan qaytgan mutaxassisni aeroportda yuzlab gʻazablangan muxlislar haqoratlar va norozilik hayqiriqlari bilan kutib olishgan.
Jahon chempionati – 2026 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan soʻng isteʼfoga chiqqan Janubiy Koreya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Xon Myon Bo vatanga qaytgach, mahalliy ishqibozlarning keskin noroziligiga duch keldi. Bu haqda “The Korea Herald” nashri maʼlum qildi.
Meksikadan qaytgan mutaxassisni aeroportda yuzlab gʻazablangan muxlislar haqoratlar va norozilik hayqiriqlari bilan kutib olishgan. Vaziyat keskinlashgani sababli yuzdan ortiq politsiya xodimlari terminaldan avtobusgacha boʻlgan yoʻlakni oʻrab olishga majbur boʻlgan. Sobiq murabbiyning oʻzi esa OAV vakillari bilan muloqot qilishdan bosh tortgan.
Janubiy Koreya termasi guruh bosqichidan oʻta olmay, musobaqani erta tark etgandi. Shundan soʻng Xon Myon Bo darhol isteʼfoga chiqqan boʻlsa-da, ijtimoiy tarmoqlarda unga nisbatan jiddiy oʻlim tahdidlari yangradi. Mamlakatdagi muvaffaqiyatsizlik ortidan hatto Janubiy Koreya prezidenti Li Chje Myon ham Madaniyat, sport va turizm vazirligiga terma jamoaning omadsiz ishtiroki sabablarini tekshirish boʻyicha topshiriq bergan.