Janubiy Koreya bilan ilmiy hamkorlik kengaymoqda (+video)
Bugun ilg‘or texnologiyalar sanoat, ishlab chiqarish va turli sohalarda samaradorlikni karrasiga oshirayotgan bo‘lsa, agrar sohadagi ilm-fan yutuqlari dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.
Soha olimlarining izlanishlari, yaratilayotgan ekinlarning yangi tejamkor navlari, agrotexnika va innovatsiyalar nafaqat bir davlatga, balki, insoniyatga naf keltiradi.
Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazida koreyalik olimlar ishtirokida tashkil yetilgan “Qishloq xo‘jaligi ekinlarini innovatsion texnologiyalar yordamida to‘g‘ri parvarishlash hamda virus va kasalliklardan samarali himoyalash” mavzusidagi xalqaro konferensiyada aynan ushbu masalalar qamrab olindi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 2021 yildan O‘zbekiston – Koreya o‘rtasida umumiy qiymati 21 million dollar bo‘lgan 3 ta yirik loyihaga qo‘l urildi. Ushbu loyihalar to‘liq Koreya hukumatining grandlari hisobiga amalga oshirilmoqda. Natijada 6 ta viloyatda “aqlli” issiqxonalar tashkil qilinyapti, bunda ushbu yo‘nalishda faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni qayta tayyorlash, Koreya tajribasi bilan tanishtirish, ikkinchi va uchinchi loyihalar doirasida sholichilik va kartoshkachilikni rivojalantirish nazarda tutilgan.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/F0EhC04e8xU" title="Janubiy Koreya bilan ilmiy hamkorlik kengaymoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Ma’lumki, so‘nggi yillarda dunyoda o‘rtacha harorat 1,5 darajaga ortdi. Bu nafaqat yurtimiz, balki, dunyo olimlari uchun katta bir chaqiriqdir. Shunday ekan dunyo olimlari birlashib global iqlim o‘zgarishiga qarshi yangi texnologiyalar, tahliliy yondoshuvlar, ilmiy asoslangan qarashlarni ishlab chiqilishi kelgusida agrar sohadagi ko‘plab masalalar yechimining topilishiga xizmat qiladi.
Sanjar Toshpo‘latov, Ulug‘bek To‘xtayev, O‘zA