Janni Infantino: «2030-yilgi jahon chempionati tarixdagi eng zo‘ri bo‘ladi»
2030-yilgi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash asosiy mezbonlik qiladi.
FIFA prezidenti Janni Infantino Marokashga tashrifi davomida mamlakat va uning futbol muxlislari haqida iliq fikr bildirdi.
«Marokashliklar futbolni chin dildan sevadigan insonlar. Ular milliy terma jamoasining har bir muvaffaqiyatini katta quvonch va ishtiyoq bilan nishonlaydi», — dedi Infantino.
FIFA rahbari, shuningdek, 2030-yilgi jahon chempionati tarixdagi eng yaxshi mundial bo‘lishiga ishonch bildirdi.
«U shubhasiz tarixdagi eng zo‘r jahon chempionati bo‘ladi. Chunki u dunyoning eng go‘zal mamlakatlaridan biri — Marokashda o‘tkaziladi.
Yashasin Marokash! Va meni mehmondo‘stlik bilan kutib olganingiz uchun rahmat», — dedi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, 2030-yilgi jahon chempionatiga Ispaniya, Portugaliya va Marokash asosiy mezbonlik qiladi. Musobaqaning 100 yilligi munosabati bilan ochilish uchrashuvlari Urugvay, Argentina va Paragvayda ham o‘tkaziladi.