Janluiji Buffon: Ronaldu klubga hamma narsa beryapti
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon La Stampa nashriga bergan intervyusida sobiq jamoasi bilan oʻrtalaridagi aloqa haqida gapirib berdi.
PSJ darvozaboni Janluiji Buffon La Stampa nashriga bergan intervyusida sobiq jamoasi bilan oʻrtalaridagi aloqa haqida gapirib berdi.
“Turindagi uzoq yillik tajribam meni Parijga boshladi. Bu yerga pul uchun kelmadim har holda.
“Yuve” bilan munosabatimiz xuddi eski doʻstlardek. Men “Yuventus”ni yaxshi koʻraman, biz bir-birimizni yaxshi koʻramiz. Hatto ajralishimiz ham koʻp tortishuvlarga sabab boʻlmadi. Chunki bizning oramizda cheksiz hurmat bor.
Ronaldu Italiyaga kelib barchaga yangi hayot berdi. U oʻzida bor hamma narsani klubiga bera olyapti. Professionallar doim shunday qiladi. “Yuventus” prezidenti jamoaga yangi kuch kerakligini tushunib yetdi va koʻrib turganingizdek Turinda hozir joʻshqinlik kayfiyati hukmron”, - deydi Buffon.
Taʼkidlash joizki, Janluiji Buffon oʻtgan yilning yozida PSJ bilan 1+1 koʻrinishidagi bitimga imzo chekkan. Unga koʻra, futbolchi turli bonuslardan tashqari yillik 8 million yevro miqdoridagi maosh bilan taʼminlanadi.