Jamal Akayev — «Özbekiston Osiyo futbolining yetakçilaridan biriga aylanmoqda»
Agent Özbekistonda bu uçraşuvga qiziqiş katta ekanini ham qayd etdi.
Özbek futboliga ixtisoslaşgan agent Jamal Akayev Özbekiston va Rossiya terma jamoalari örtasidagi örtoqlik uçraşuvi oldidan fikr bildirdi. Bahs 12-noyabr kuni Toşkentdagi «Paxtakor» stadionida soat 20:00 da boşlanadi.
“Qiziqarli öyin kutyapman. Özbekiston sönggi yillarda Osiyo futbolining yetakçilaridan biriga aylanmoqda. Bu milliy terma jamoaga ham, turli yaş toifalaridagi jamoalarga ham tegişli”, — dedi Akayev «Euro-Futbol.Ru»ga.
Agent Özbekiston terma jamoasining himoya çiziğini alohida ta’kidlab, Abduqodir Husanov va Jahongir Örozov juftligini tilga oldi. Şuningdek, u jahon çempionatida özini körsatib, «Lugano»ga ötgan Behruz Karimovni ham ajratib körsatdi.
Akayevning aytişiça, Eldor Şomurodov, Abbosbek Fayzullayev, Husayn Norçayev, Ruslanbek Jiyanov va Jasurbek Jaloliddinov Rossiya muxlislariga u yerning turli ligalaridagi ishtiroki orqali taniş. Agent Özbekistonda bu uçraşuvga qiziqiş katta ekanini ham qayd etdi.
Toşkentdagi bahs Rossiya terma jamoasining noyabrdagi ikki örtoqlik uçraşuvidan birinçisi böladi. Valeriy Karpin şogirdlari 17-noyabr kuni Venesuelani qabul qiladi.