Jalolova Gulnoz Mannob-qizining san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Zamonaviy O‘zbekiston badiiy filmlarida kinodekoratsiya san’atining rivojlanish muammolari” mavzusida
Jalolova Gulnoz Mannob-qizining “Zamonaviy O‘zbekiston badiiy filmlarida kinodekoratsiya san’atining rivojlanish muammolari” mavzusidagi 17.00.04 – Tasviriy va amaliy bezak san’ati (san’atshunoslik fanlari) ixtisosligi bo‘yicha san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.38/09.07.2020. San.119.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 11 iyun kuni soat 12:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100015, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mironshox ko‘chasi, 123. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bosh binosi, 2-qavat, Ma’naviyat xonasi.
Tel.: (+99871) 255-98-39, faks: (+99871) 255-18-33
e-mail: info@mrdi.uz