Jaloliddin izdoshlari bilan bir kun
Urganch shahridagi Jaloliddin Manguberdi nomli harbiy-akademik litseyda “Jaloliddin izdoshlari bilan bir kun” loyihasi doirasida viloyatimizning olis hududlaridagi maktablarda ta’lim olayotgan o‘quvchi- yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Tadbir ishtirokchilari Milliy gvardiya tizimida xizmatni o‘tash jarayoni, zamonaviy maxsus texnikalar, harbiy-akademik litseyda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdilar, “Zakovat” intellektual o‘yini orqali bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.

Uchrashuvda viloyat hokimi Jo‘rabek Rahimov ishtirok etib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, harbiy kasblarga tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtaldi.

Tadbir yakunida chekka hududlardagi maktab jamoalari va o‘quvchi- yoshlarga viloyat hokimining esdalik sovg‘alari topshirildi.
Ahmadjon Shokirov,
O‘zA