Jalaquduqda ham mahallalar obod bo‘lmoqda
Davlatimiz rahbari topshirig‘iga asosan “Obod mahalla”, “Obod ko‘cha”, “Obod xonadon” mezonlarini joriy qilish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.
Andijon viloyati Jalaquduq tumani “Qutlug‘” MFYda Respublika ishchi guruhi vakillari uyma-uy yurib, o‘rganishlar olib bordi.
Qayta ta’mirdan so‘ng foydalanishga topishirilishi rejalashtirilgan mahalladagi 43-sonli umumta’lim maktabida boshlangan ish jarayoni ko‘zdan kechirildi.
Mahalla infratuzilmasi, aholining toifalari bo‘yicha maishiy-ijtimoiy shart-sharoitlari atroflicha o‘rganildi. Mutasaddilarning axborotlari tinglandi.

Maktab faoliyati, o‘qituvchilarning saviyasi, ularning malakasini oshirish bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratildi. Aholining toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini qondirish, ayniqsa, obodonchilik ishlariga alohida yondashuv kerakligi ta’kidlandi.
Ayniqsa, tomorqa xo‘jaliklari oilaga qo‘shimcha daromad keltiradigan manbasi, ulardan samarali foydalanishni qat’iy yo‘lga qo‘yish kerak bo‘ladi.
Mahalla hududidagi 195 nafar mehnat migratlarini qaytarish choralarini tezlashtirish, hududdagi tikuvchilik bilan shug‘ullanadigan tadbirkorlar ishini takomillashtirish, aholi ma’lumotlarini raqamlashtirish va ma’lumotlar bazasini yaratish borasidagi ishlar, mahalla “beshligi”ni kuchaytirish maqsadga muvofiq.
“Qutlug‘” mahalla fuqarolar yig‘ini Navo ko‘chasidagi maktab hovlisida bo‘lib o‘tgan uchrashuv va suhbatda mutasaddilar oqsoqollar va aholi vakillari bilan suhbatda bo‘ldi.
Tuman hokimi Hikmatillo Latipov dasturga tushgan hudud aholisi bilan shu joyda uchrashdi. Suv muammosi yechimi bo‘yicha fikr almashildi. Nasos yangilanishi, tumanga olinadigan 17 suv nasosining bittasi shu yerga qo‘yilishi qayd etildi. Bu yerdagi kichik transformator esa kattarog‘iga almashtiriladi.
O‘zA