Jahon liderlarini tayyorlash yo‘lida…(+video)
So‘nggi yillarda O‘zbekiston global muammolarni hal qilishda o‘z so‘ziga ega, yetuk, malakali rahbar kadrlarni tayyorlash masalasiga alohida e’tibor qaratmoqda.
Bugun Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida “UWED MUN-2024” BMT modelining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Yuy Szyun, BMT Taraqqiyot dasturi doimiy vakili o‘rinbosari Anas Fayod Qarman, Tashqi ishlar vazirligining BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Laziz Karayev,Jahon bankining “Davlat boshqaruvi sohasini takomillashtirish” loyihalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston Ekologik partiyasi yangi chaqiriq deputati Sherzod Kattaxo‘jayev hamda professor-o‘qituvchilar, talabalar ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisining birinchi o‘rinbosari, JIDU rektori Sodiq Safoyev zamonaviy dunyoda yoshlar yetakchiligi muhim ahamiyat kasb etishiini ta’kidlab, global muammolarni faol muhokama qilishga chorladi. Shuningdek, xalqaro anjumanlarda qatnashish tajribasi bilan o‘rtoqlasharkan, aynan muloqot va hamkorlik tufayli salmoqli natijalarga erishish mumkinligini ta’kidladi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/9iDK0n2HP2U" title="Jahon liderlarini tayyorlash yoʻlida…" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA