Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi
Mundial saralashining pley-off bosqichida ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxatdan joy olmagan.
Nufuzli "Transfermarkt" portali joriy yilda bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionatini o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingini tuzib chiqdi.
Reytingning birinchi o‘rindan Vengriya terma jamoasi hamda Angliyaning "Liverpul" klubi xavbegi Domenik Soboslai joy oldi. Yarim himoyachining ayni vaqtdagi bozor narxi 100 million yevroni tashkil etadi. Ikkinchi o‘rin Gruziya terma jamoasi va PSJ klubi vingeri Xvicha Kvaratsxeliyaga nasib etgan. Futbolchining bozor narxi 90 million yevro etib belgilangan. Kuchli uchlikni esa Kamerun terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi hujumchisi Brayan Mbeumo yakunlab beradi. Uning narxi 80 million yevroni tashkil qiladi. Beshlikdan esa Viktor Osimhen hamda Benyamin Sheshko joy olgan. Mos ravishda Osimhen 75, Sheshko esa 65 millionga baholangan.
Ma’lumot uchun, mundial saralashining pley-off bosqichida ishtirok etayotgan futbolchilar ro‘yxatdan joy olmagan.