Jahon chempionatida ishtirok etmaydigan eng qimmat terma jamoalar bilan tanishing
Ushbu ro‘yxatda sensatsion tarzda mundial chiptasidan quruq qolgan Italiya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda.
Nufuzli "transfermarkt" portali Jahon chempionatida ishtirok etmaydigan terma jamoalar ro‘yxatini taqdim etdi.
Ushbu ro‘yxatda sensatsion tarzda mundial chiptasidan quruq qolgan Italiya terma jamoasi yetakchilik qilmoqda. "Skuadro adzurri" ushbu portal tomonidan 834 million yevroga baholangan va terma jamoa FIFA reytingida 12-pog‘onani band etib turibdi. Ikkinchi o‘rin esa Daniya terma jamoasiga nasib etgan. Ularning narxi 375 million yevroni tashkil etadi va FIFA reytingining 20-o‘rinidan joy olgan. Kuchli uchlikni Serbiya terma jamoasi yakunlab beradi. Serblar 299 million yevroga baholangan va FIFA reytingining 39-o‘rinida joylashgan. Quyida eng qimmat 10ta terma jamoa ko‘rsatilgan.
