Jahon chempionati: O‘zbekiston sportchilari yutuqlari va navbatdagi janglar
Chernogoriyaning Budva shahrida boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining nimchorak final bosqichida O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ham ringga ko‘tarildi.
Jumladan, -80 kg. vazn toifasida Abrorbek Sharipov ukrainalik Timur Karaivanni 4:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. -51 kg. vaznda Nazokat Mardonova turkiyalik Kubra Chichekdan 5:0 hisobida ustun keldi. -70 kg. vaznda Zulfiqor Adhamjonov ham turkiyalik Xakan Ardani 5:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga chiqdi.
Shuningdek, -55 kg. vazn toifasida Elyorbek Rustamov ispaniyalik Manuel Buenoga qarshi jangda 5:0 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final ishtirokchisiga aylandi.
Afsuski, Samira Turg‘unova, Muhammadrizo Ukimov va Jahongir Zayniddinov o‘z vazn toifalarida raqiblariga imkoniyatni boy berib qo‘yib, musobaqa bilan xayrlashdi.
Bugun, jahon chempionati doirasida O‘zbekiston terma jamoasining 6 nafar vakili navbatdagi janglarini o‘tkazadi. Xususan, ayollar o‘rtasida -48 kg. vaznda Muxtasar Aliyeva ozarbayjonlik Banuchichak Nasirli, -57 kg. vaznda Robiya Ravshanova jazoirlik Besma Bahriga qarshi ringga ko‘tariladi. -70 kg. vaznda Maftuna Yangiyeva rossiyalik Aleksandra Kosheleva bilan kuch sinashadi.
Erkaklar o‘rtasida esa -85 kg. vaznda Sardorbek Bahromxo‘jayev gretsiyalik Ioannis Pumpuridis, -90 kg. vaznda Asadbek Sultonboyev rossiyalik Temirsulton Temirsultonov bilan bahs olib boradi. +90 kg. vazn toifasidagi Islom Salixovning raqibi amerikalik Kaleb Styuart Rid bo‘ladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA