Jahon chempionati-2026: "B" guruhi bilan tanishing
Ushbu guruhdan Kanada, Bosniya va Gersegovina, Qatar, Shveysariya joy olgan.
Futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionati tobora yaqinlashmoqda. "B" guruhidan joy olgan jamoalar va ularning mundiallardagi tarixiga nazar tashlaymiz.
KANADA
Ishtiroklari soni: 3-marotaba.
Tarix: Ilk bor 1986-yilda (Meksika) qatnashgan. Oxirgi ishtiroki — 2022-yil (Qatar).
Status: Musobaqa mezbonlaridan biri sifatida guruh bosqichida ishtirok etadi.
BOSNIYA VA GERSEGOVINA
Ishtiroklari soni: 2-marotaba.
Tarix: Debyuti 2014 yilgi Braziliya mezbonlik qilgan JCHga to‘g‘ri kelgan.
Holat: Jamoa saralash bosqichi orqali yo‘llanmani qo‘lga kiritgan.
QATAR
Ishtiroklari soni: 2-marotaba.
Tarix: 2022 yilgi mundial mezboni sifatida debyut qilgan.
Holat: Osiyo mintaqasidan saralash bosqichida muvaffaqiyatli o‘tib, JCH-2026 yo‘llanmasiga ega bo‘lgan.
SHVEYSARIYA
Ishtiroklari soni: 12-marotaba.
Eng yaxshi natijasi: Chorak final (1934, 1938, 1954-yillarda).
Tajriba: Guruhning eng tajribali jamoasi hisoblanadi. So‘nggi beshta mundialning to‘rttasida nimchorak finalga qadar yetib borgan.