"Jadidlar izidan” tanlovi g‘oliblari Germaniyada
Ayni vaqtda "Jadidlar izidan” tanlovi g‘oliblari Germaniyada ta’lim sayohatida bo‘lib turibdi.
O‘quvchilar tegishli dastur doirasida jadidlarimiz tahsil olgan ta’lim muassasalari va kutubxonalarda bo‘lib, yangi tajriba va bilimlarni egallamoqda.
Xususan, ta’lim sayohati davomida tanlov g‘oliblari Germaniya Federativ Respublikasi Parlamenti va Reyxstagi, Humbold universiteti hamda Berlin davlat kutubxonasining Madaniy meros muzeyi bilan tanishadi.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasida tashkil etiladigan Mahmudxo‘ja Behbudiyning 150 yilligiga bag‘ishlangan tadbirda ishtirok etishlari rejalashtirilgan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, ushbu tanlov davlatimiz rahbari tashabbusi bilan maktab o‘quvchilari orasida ajdodlarimizning boy ma’naviy merosini keng targ‘ib etish orqali kitobxonlikka jalb etish maqsadida tashkil etilgan.
Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA