Jadal rivojlanayotgan Gujarat
Gujarat Hindistonning shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan eng katta shtatlaridan biridir. U mamlakatning milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador hududidir. Shtatda 70 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning 88,6 foizi hindlar, 9,7 foizi musulmonlardir.
Gujarat Hindistonning shimoliy-gʻarbiy qismida joylashgan eng katta shtatlaridan biridir. U mamlakatning milliy taraqqiyoti drayveri hamda savdo, biznes va investitsiya sohasida jozibador hududidir. Shtatda 70 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning 88,6 foizi hindlar, 9,7 foizi musulmonlardir.Umumiy maydoni 196 ming kvadrat kilometrni tashkil etadi. Gujarat Hindistonda maydoni jihatidan oltinchi, aholi soni boʻyicha toʻqqizinchi oʻrinda turadi.
Gujaratda 10 aeroport mavjud, Cardar Vallabbxay Patel nomidagi aeroportdan tashqari 9 tasi mahalliy reyslarni amalga oshiradi.
Gujarat universiteti, Gujarat texnologiya universiteti, Ahmadobod boshqaruv instituti kabi 10 dan ortiq oliy taʼlim muassasalari faoliyati yuritadi.
Bugungi kunda Gujarat shtatini jadal rivojlantirish boʻyicha katta-katta loyihalar hayotga tatbiq etilmoqda. Xalqaro koʻrgazma va tadbirlar tashkil etilayotir.









