Italiya terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlanishi mumkin
Gattuzo o'rnini Konte egallashi mumkin.
Italiya milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo yaqin kunlarda lavozimidan ozod etilishi mumkin.
"Skuadro adzurri" Jahon chempionatining saralash bosqichida Bosniya va Gersegovinaga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib, mundialdan yana quruq qoldi. Ushbu omadsizlikdan so‘ng bosh murabbiy Jennaro Gattuzoning kursisi qimirlashni boshladi. Jurnalist Nikola Skiraning ma’lum qilishicha, Italiya futbol federatsiyasi hozirda "Napoli"da faoliyat olib borayotgan Antonio Konteni Gattuzoning o‘rniga tayinlashni maqsad qilmoqda. Bundan tashqari, Italiyaga qaytishga tayyor ekanini bildirgan Roberto Manchini ham nomzodlar orasidan joy olgan. Konte 2014-2016-yillar oralig‘ida "skuadro adzurri"ni boshqarib borgan. Manchini esa 2018-yildan 2023-yilgacha terma jamoa murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, Italiya ketma-ket 3-Jahon chempionatida ishti rok etmaydi.