Istiqbolli rejalar muhokama qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining iqtisodiy rivojlanish, samarali boshqaruv va xalqaro hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Uchrashuvda mazkur akademiya faoliyatini transformatsiya qilish bo‘yicha Prezident farmoni loyihasi muhokama qilindi.
Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrdagi “O‘zbekiston 2030 strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida aks etgan maqsadlarga erishish va belgilangan vazifalarni muvaffaqiyatli bajarishda davlat boshqaruvi kadrlarining bilim, ko‘nikma va saviyasini oshirish orqali bugungi kunda dolzarb muammolarga tez va samarali yechim topa oladigan va “islohotlarga tayyor” ixcham va samarali davlat boshqaruvi tizimini shakllantirishda Davlat boshqaruvi akademiyasining roli katta ahamiyatga ega ekanligini e’tirof etdi.

Kelgusida rejalashtirilayotgan ishlardan samarali natija kutilayotgani alohida ta’kidlandi va bu yo‘nalishda hamkorlikda amalga oshiriladigan istiqbolli rejalar haqida fikr almashildi.
O‘zA