Istiqbolli masalalar muhokama qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi boshlig‘i Z.Turdaliyev Mo‘ynoq tumanining infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash orqali kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha sektor boshliqlari, yirik tashkilot rahbarlari bilan uchrashdi.
Davlatimiz rahbarining 2024 yil 23 sentyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 34 ming 346 nafar aholini kambag‘allikdan chiqarishning maqsadli yo‘nalishi belgilangan. Shundan, Mo‘ynoq tumanida bugungi kun holatiga jami 823 ta xonadon ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan.

Ushbu ijtimoiy himoya reyestriga kiritilgan 110 ta oila rahbarlarga biriktirib berilgan bo‘lib, ularning muammo va istaklari o‘rganib chiqilishi natijasida153 nafar ishsiz aholining bandligi ta’minlandi.
Uchrashuvda mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlarni jadal sur’atlarda davom ettirish, hududni kambag‘allikdan chiqarishda drayver sohalar istiqbollaridan keng foydalanish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.
Dovud Abibullayev, O‘zA muxbiri