Isteʼmolçilar huquqini buzgan oilaviy korxona rahbariga jazo tayinlandi
Samarqand viloyatining Pastdarğom tumanida maktab va boğçalarga kömir yetkazib beriş jarayonida qöpol xatolikka yöl qöyilgani aniqlandi. Bu holat bir fuqaroning murojaatidan söng ötkazilgan nazorat tadbirida maʼlum böldi.
Texnik jihatdan tartibga soliş sohasida nazorat inspeksiyasining viloyat bölimi xodimlari tumandagi oilaviy korxonalardan birini örgandi. Uşbu korxona qişki mavsum uçun taʼlim muassasalariga kömir yetkazib beriş bilan şuğullangan. Tadbirkor kömirning vaznini ölçaşda 60 tonnalik avtomobil tarozisidan foydalangan. Ammo bu tarozi davlat metrologiya tekşiruvidan ötkazilmagani maʼlum böldi.
Bunday vaziyatda kömirning oğirligi notöğri ölçanişi tabiiy. Bu esa bevosita davlat va isteʼmolçilarning haqini yeyilişiga, ularning huquqlari buzilişiga olib keladi.
Aniqlangan qonunbuziliş yuzasidan korxona rahbariga nisbatan maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Iş hujjatlari qonuniy çora köriş uçun sudga yuborildi. Pastdarğom tuman sudi qarori bilan tadbirkorga maʼmuriy jarima jazosi tayinlandi.
Mutaxassislar barça tadbirkorlarni yana bir bor ogohlantiradi. Savdo va xizmat körsatişda işlatiladigan har qanday ölçov vositasi albatta qonuniy tekşiruvdan ötgan bölişi şart. Bu talabni bajariş xaridorlar haqini töliq va töğri berişning eng asosiy kafolatidir.
ÖzA