Isteʼmolçi manfaati himoyada
Isteʼmolçilarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, buzilgan huquqlarini tiklaş hamda ularga huquqiy yordam körsatiş Özbekiston isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyatlari federatsiyasi faoliyatining ustuvor yönalişlaridan biridir.
Zarafşon şahar isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş jamiyati tomonidan fuqaro Janibek Romanovning murojaati asosida uning buzilgan huquqlarini tiklaş maqsadida sudga daʼvo arizasi kiritildi.
Maʼlum bölişiça, fuqaro “M.C.Z.” MÇJ bilan tuzilgan şartnomaga asosan xonadon sotib oliş uçun 150 million söm tölovni amalga oşirgan. Biroq şartnoma bekor qilinganiga qaramasdan, tölangan mablağ isteʼmolçiga qaytarilmagan.
Uşbu holat yuzasidan Federatsiya vakillari isteʼmolçining manfaatlarini közlab, huquqiy çoralar kördi va uning buzilgan huquqlarini tiklaş maqsadida sudga murojaat qildi.
Zarafşon tumanlararo sudida mazkur fuqarolik işi körib çiqilib, iş materiallari, taraflarning tuşuntirişlari hamda taqdim etilgan hujjatlar atrofliça örganildi.
Yakunda sud fuqaroning foydasiga qaror çiqarib, tölangan mablağ undiriladigan böldi.
A.Böriyev, ÖzA muxbiri