“Iste’dodli yoshlar” jamoasi ustunlikka erishdi
Jizzax viloyat musiqali drama teatrida o‘quvchilarda notiqlik san’ati va sahna madaniyatini shakllantirish, ta’lim muassasalardagi o‘quvchilar teatr studiyalari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning ijodiy va intellektual qobiliyatini rivojlantirish maqsadida umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Hakamlarning yakuniy xulosalariga ko‘ra Jizzax shahridagi 8-umumta’lim maktabining “Iste’dodli yoshlar” jamoasi birinchi, Sharof Rashidov tumanidagi 32-umumta’lim maktabining “Humo” jamoasi ikkinchi, Mirzacho‘l tumanidagi 18-umumta’lim maktabi jamoasi uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
[gallery-17284]
G‘oliblarga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari.