Iste’dodning chegarasi bo‘lmaydi
Prezidentimiz farmoniga muvofiq, shu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ikki nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz farmoniga muvofiq, shu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida Qoraqalpog‘iston Respublikasidan ikki nafar qiz Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi. Ulardan biri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti jismoniy tarbiya fakultetining 3-bosqich talabasiSapura Kaipnazarovadir.
Sapura sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha o‘tkazilgan mamlakat chempionatlarida bir necha bor g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Shuningdek, Qoraqalpog‘istonning regbi bo‘yicha ayollar terma jamoasi a’zosi hisoblanadi.

Sapura badiiy ijodga mehr qo‘ygan. Uning bu mehri, keng tasavvuri, salohiyati “O‘lkamizga keling” nomli ilk she’riy to‘plamida yaqqol seziladi. Muallif she’rlarida Vatanga muhabbat, tabiat go‘zalliklariga shaydolikni ko‘ramiz. Bundan tashqari, u milliy hunarmandlik bilan shug‘ullanadi. Qo‘lda chiroyli buyumlar yasab, matolarga naqsh soladi. Uning Orol chig‘anoqlaridan yasalgan esdalik buyumlari xaridorgir.

Sportchilarga xos iroda va qat’iyat bilan birga, nozik did, teran dunyoqarashga ega bu qiz har jabhada tengdoshlariga namuna.