Isroilning O‘zbekistondagi elchisi bilan uchrashuv
O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasida Isroil davlatining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Zexavit Ben Xillel bilan uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda qo‘mita va Isroil mamlakati o‘rtasida o‘rmonchilik sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik aloqalarini o‘rnatish yuzasidan fikr almashildi.
Davlatlararo munosabatlar samarasi o‘zaro manfaat asosidagi taraqqiyotga yo‘naltirilgani bilan ahamiyatlidir. Shu ma’noda elchining ikki tomonlama hamkorlikka oid ko‘plab istiqbolli loyihalar xususidagi takliflari O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutaxassislarida jiddiy qiziqish uyg‘otdi.
Qayd etish joiz, Isroil davlatining suvni tejaydigan texnologiyalari va ayni yo‘nalishdagi tajribasi dunyo bo‘ylab tan olingan. Shu bois qo‘mita vakillari Isroil bilan Orol bo‘yi mintaqasida ko‘chatxonalar barpo etish va qurg‘oqchil yerda suvni tejaydigan texnologiya asosida guruch yetishtirish loyihasini amalga oshirishga kelishib oldi.
O‘zA