Isroilliklar yana norozilik bildirishdi
Shanba oqshomi Isroil boʻylab norozilik aksiyasi boʻlib oʻtdi. Namoyishchilar Binyamin Netanyaxu hukumati siyosatiga va rejalashtirilayotgan sud-huquq islohotiga qarshilik bildirmoqda. Eng yirik miting, avvalgi haftalarda boʻlgani kabi, Tel-Aviv shahridagi hukumat idoralari atrofida uyushtirilgan, deyiladi “TASS” axborotida.
Tadbir Isroil davlat madhiyasini kuylash bilan boshlandi. Shundan soʻng hukumatga qarshi shiorlar oʻrtaga tashlandi.
Namoyishchilar Vazirlar Mahkamasi tomonidan ilgari surilayotgan sud-huquq sohasiga oid islohot davlatning demokratik asosini buzishini taʼkidlashgan.
“Jerusalem Post” gazetasi tashkilotchilar maʼlumotiga tayanib, poytaxtdagi namoyishda 135 ming kishi qatnashganini yozib chiqdi. Politsiya voqeaga munosabat bildirmagan.
Mamlakatning boshqa shaharlarida ham, jumladan, Xayfada 17 ming, Netaniyada yetti mingga yaqin odam koʻchaga chiqqan.
Isroilda, yetti haftadirki, surunkasiga namoyishlar kuzatilmoqda.