Isroil prezidenti sud islohotini to‘xtatishga chaqirdi
Isroil Prezidenti Isxak Gersog mamlakat hukumatini zudlik bilan sud islohotini qabul qilishni to‘xtatishga chaqirdi, deb yozdi Jerusalem Post gazetasi.
“Isroil xalqining jipsligi uchun, qonunchilik jarayonini zudlik bilan to‘xtatishga chaqiraman”, – deya keltiradi gazeta prezident so‘zlarini.
Yakshanba kuni OAV tarqatgan xabarlarga ko‘ra, Binyamin Netanyaxu mudofaa vaziri Yoav Galantni iste’foga chiqarganidan keyin minglab namoyishchilar uning Ierusalimdagi qarorgohiga bostirib kirmoqchi bo‘lgan. Bir kun avval Galant millatga qilgan telemurojaatida xavfsizlikni hisobga olgan holda sud islohotini to‘xtatishga chaqirgan edi.
Shundan keyin Isroilning Nyu-Yorkdagi bosh konsuli Asaf Zamir ham lavozimini tark etishini e’lon qildi. U ham sud islohoti mamlakatning demokratik tizimlari asoslarini izdan chiqarishini ta’kidlagan edi.
Netanyaxu taklif qilayotgan qonunlar paketi Oliy sudning vakolatlarini sezilarli ravishda cheklaydi hamda hakamlarni tayinlashni hukumat o‘z nazoratiga oladi.