Ispaniyadagi poyezdlar töqnaşuvida halok bölganlar şaxsi aniqlandi
Ispaniyada sodir bölgan tez yurar poyezdlar mudhiş töqnaşuvida halok bölgan 69 kişining şaxsi töliq aniqlandi, 29 nafar jarohatlanganlar şifoxonada davolanyapti.
Bu haqda “Sinxua” agentligi mamlakatning Integratsiyalaşgan maʼlumot markazi (CID) maʼlumotiga tayanib xabar berdi. Qurbonlarning 54 nafari Ispaniyadan, 15 kişi xorijdan. Ular orasida bolalar yöq: 40 erkak, 29 ayol. Çet elliklar orasida tört nafar AQŞ, ikki nafardan Avstraliya va Yaponiya vakillari, şuningdek Argentina, Kanada, Çexiya, Fransiya, Meksika, Portugaliya hamda Tunisdan yölovçilar bölgan.
Marhumlarni taniş jarayoni Toledo va Syudad-Real Sud tibbiyoti va kriminalistika instituti tomonidan olib borildi. Halokatga uçraganlarning 56 nafari barmoq izi, qolgan 13 nafari esa DNK tahlili orqali aniqlandi. Barça qurbonlarning oila aʼzolari va xorijiy fuqarolarning tegişli konsulliklari xabardor qilindi.
Kastiliya-La-Mança mintaqaviy hukumati maʼlum qilişiça, jabrlanganlar 4 şifoxonaga joylaştirilgan. 9 kişi jonlantiriş bölimida, 20 bemor oddiy xonada. Dastlab kasalxonaga yotqizilgan 110 yaradordan 81 nafariga javob berilgan, baʼzilar Madrid va Andalusiyadagi tibbiyot muassasalariga ötkazilgan.
Hodisa joyida tozalaş va tiklaş jarayoni yakunlanyapti. “Iryo” va “Renfe” kompaniyalariga tegişli töqnaşgan poyezdlarning barça vagonlari temir yöl izidan olindi. Şunga qaramay, Fuqarolik gvardiyasining 50 ga yaqin xodimi baxtsiz hodisa yuz bergan hududda qidiruv işlarini davom ettirmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA