Ispaniyada maoş oşdi, ammo aholi baribir norozi?
Ispaniyada iş haqi va iqtisodiy körsatkiç ösişiga qaramay, aholi turmuşida sezilarli ijobiy özgariş kuzatilmayapti. Bunga uy-joy, energiya va kundalik isteʼmol mollari narxi oşişi sabab bölmoqda.
Masalan, Estremadura mintaqasida eng kam maoş 66 foiz, davlat xizmatçilari maoşi esa 20 foizdan köproq kötarildi. Afsuski, narx-navo ösişi daromad samarasini kamaytirgan. Qolaversa, iş haqini oşirişga qaratilgan islohot kiçik biznes xarajatini ham kötargan.
Natijada tadbirkorlar orasida norozilik kuçaygan. Ijtimoiy sörov mamlakatdagi iqtisodiy qiyinçilik va hukumatga nisbatan işonç pasayişi saylovçilar siyosiy tanloviga taʼsir qilayotganini körsatmoqda. Konservativ Xalq partiyasi va öng qanotdagi “Vox” partiyasi saylovda yetakçilik qilmoqda.
F.Yaxşiboyeva, ÖzA