Ispaniya delegatsiyasi Surxondaryoda
Toşkent şahrida ötkazilgan “Ispaniya – Markaziy Osiyo – Ozarbayjon” formatida qişloq xöjaligi vazirlarining uçraşuvi va biznes forumida iştirok etgan Ispaniya Qirolligi delegatsiyasi Surxondaryo viloyatida bölib, issiqxonaçilik va agrobiznes sohalaridagi ilğor tajribalar bilan tanişdi. Özaro hamkorlikni kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşdi.
Delegatsiya aʼzolari dastlab Termiz tumanidagi “Tomorqa maktabi”da bölib, bu yerda yaratilgan şaroitlar va yetiştirilayotgan mahsulotlarni közdan keçirdi.
Innovatsion tomorqa maktabida anʼanaviy dehqonçilik usullari bilan birga vohaning iqlim şaroitiga moslaştirilgan intensiv yetiştiriş texnologiyalari ham amaliyotga joriy etilgan. Bu yerda banan, papayya, limon, rozmarin, lavanda, anjir, brokkoli, bulğor qalampiri kabi issiqsevar va tropik ekinlar parvarişlanmoqda. Кўчaтчилик, gulçilik, tomçilatib suğoriş tizimi yölga qöyilgan.

Barça zamonaviy şaroitlarga ega öquv binosi, uç gektar issiqxona va uç gektar öquv-tajriba mayдонигa ega innovatsion maktabda bir yilda uç marta hosil oliş amaliyoti öqitilmoqda. Öquv jarayoniga olimlar, mutaxassislar, tajribali dehqonlar jalb etilayotir.
Mehmonlarga bu yerda ekinlarni parvarişlaş, tuproq tarkibini yaxşilaş, suğoriş va oziqlantiriş jarayonlari, kasallik hamda zararkunandalarga qarşi kuraşiş usullari haqida atrofliça maʼlumot berildi. Yetiştirilgan mahsulotlarning içki va xalqaro bozordagi talab va taklif darajasi, ularni saqlaş, saralaş, qadoqlaş, içki va taşqi bozorlarga yetkazib beriş imkoniyatlari muhokama etildi.

Mehmonlar Termiz tumanidagi “Lamoc Agro” masʼuliyati çeklangan jamiyatining issiqxonasida parvarişlanayotgan qişloq xöjaligi ekinlari bilan tanişdi. 100 gektar maydonda yetiştirilayotgan pomidor, bodring, şpinat, rukola va boşqa sabzavot hamda dorivor ösimliklar delegatsiya aʼzolarida katta qiziqiş uyğotdi. Ular işlab çiqariş jarayonlari, ekinlarni parvarişlaş texnologiyalari va hosildorlikni oşirişga qaratilgan agrotexnik tadbirlarni örgandi. Bozorda talab yuqori bölgan kökatlar va dorivor ösimliklarni yetiştiriş orqali qişloq xöjaligi mahsulotlari turini köpaytiriş, yuqori qöşilgan qiymat yaratiş, eksportbop mahsulotlar hajmini oşiriş imkoniyatlari yuzasidan fikr almaşildi.
Şerobod tumanida bunyod etilayotgan “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasida mehmonlarga hududda amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari, tadbirkorlar uçun yaratilgan şart-şaroitlar, muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi, taşkil etilişi rejalaştirilgan zamonaviy issiqxona majmualari haqida maʼlumot berildi.

Yangi iqtisodiy zonada 940 gektar maydonda zamonaviy, energiya tejamkor issiqxona majmuasi va 20 gektar yerda yirik agrologistika markazi bunyod etilmoqda. Tumanda amalga oşirilayotgan bu loyiha мaмлaкaтимиз qişloq xöjaligini yanada rivojlantiriş uçun 2026-2027-yillarda issiqxona xöjaliklarini kengaytirib, natijadorligini oşirişga xizmat qiladi.
Ispaniyalik işbilarmonlar va mutaxassislar bilan muloqotlarda issiqxona xöjaliklarini taşkil etişda xorijning ilğor tajribasidan foydalaniş, energiya va suv resurslarini tejaş, iqlimni avtomatik boşqariş, tomçilatib suğoriş, mahsulot sifati va xavfsizligini taʼminlaş kabi masalalarga eʼtibor qaratildi. Çet ellik investorlar uçun mavjud imkoniyatlar, investitsiya kiritiş şartlari, loyihalarni amalga oşiriş mexanizmlari va özaro manfaatli hamkorlik yönalişlari yuzasidan maʼlumot berildi.

Delegatsiya aʼzolari “Termiz xalqaro savdo markazi” erkin savdo zonasidagi savdo va logistika infratuzilmasi, tadbirkorlik subʼektlari uçun yaratilgan qulayliklar, mahsulotlarni xalqaro bozorlarga olib çiqiş va savdo aloqalarini kengaytiriş imkoniyatlari bilan tanişdi.

–Surxondaryo bizda boy taassurot qoldirdi, –deydi “Armando Alvarez Group” kompaniyalar guruhi vakili Olga Petrova. – Mehmondöstlik bilan kutib olişdi. Qişloq xöjaligi uçun möljallangan agrar maktab bilan tanişib, bu yerda yetiştirilayotgan yangi navlarni, ilgari heç qaçon körmagan kiçik navli papayya mevasini ham kördik. Issiqxona xöjaliklari bilan ham tanişdik. Sabzavotlaringiz juda mazali, Ayniqsa pomidor va bodringlaringiz juda sifatli ekan.Biz Ispaniyadan kelgan 18 ta kompaniya vakillari tarkibidamiz. Kompaniyamiz eng zamonaviy texnologiyalar asosida işlab çiqarilgan 5-7 qatlamli issiqxona plyonkalarini taklif etadi. Öylaymanki, bu mahsulotlar sizlar uçun juda foydali böladi. Özbekiston jadal rivojlanayotganiga guvoh böldik. Ayniqsa, qişloq xöjaligi sohasi tez yuksalmoqda. Kompaniyamiz faoliyatining asosiy yönalişlaridan biri – issiqxonalar uçun maxsus plyonkalar işlab çiqariş bölib, bu sohada eng zamonaviy texnologiyalarga ega dunyodagi eng yirik kompaniyalardan birimiz. Bu texnologiyalarni Özbekistondagi hamkorlarimizga taklif etişga tayyormiz. Kelgusida sizlar bilan hamkorlik qilişdan juda mamnunmiz. Mezbonlarga ajoyib mehmondöstlik uçun çuqur minnatdorlik bildiramiz.

Yilning tört faslida ham turli oziq-ovqat ekinlarini parvarişlaş uçun möʼtadil iqlim va unumdor tuproqqa ega Surxon vohasiga xorijlik sarmoyador va soha mutaxassislari katta qiziqiş bildirayotgani hududning agrar va investitsiyaviy salohiyatini xalqaro hamkorlarga körsatib, ilğor tajribalarini örganiş va yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyişga xizmat qiladi.

Mehmonlar viloyatning tarixiy obidalari bilan ham tanişdi.
Xolmömin Mamatrayimov,
ÖzA muxbiri