Ismoilova Muattar Ilyosovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“O‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari” mavzusida
Ismoilova Muattar Ilyosovnaning 10.00.01 - O‘zbek tili ixtisosligi bo‘yicha “O‘zbek tilida qarashlilik-tegishlilik ma’nosini ifodalovchi birliklarning semantik xususiyatlari” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/25.08.2021.Fil.01.16 raqamli ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashning 2024 yil 23 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi 4-uy. Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel.: (99871) 246-08-62
e-mail: nauka@nnu.uz