Ismoilov Bobur Xudoyarovichning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yusuf Sakkokiyning “Miftohu-l-ulum” risolasining matniy tadqiqi” mavzusida
Ismoilov Bobur Xudoyarovichning 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Yusuf Sakkokiyning “Miftohu-l-ulum” risolasining matniy tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston milliy universiteti huzuridagi DSc.03/2025.27.12.Fil.01.12 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 4-iyun kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Olmazor tumani, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston milliy universiteti.
Tel.: (99871) 246-08-62
e-mail: nauka@nuu.uz